Mulkiy xususiyatga ega da’vo arizalaridan da’vo bahosining 2 foizi miqdorida, biroq BHMning 1 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda, nomulkiy xususiyatga ega da’vo arizalaridan BHMning 10 baravari miqdorida, to‘lovga qobiliyatsizlik haqida ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi arizalardan BHMning 3 baravari miqdorida, xo‘jalik shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish yoki bekor qilish vaqtida kelib chiquvchi nizolar bo‘yicha da’vo arizalaridan BHMning 10 baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
A.BEKCHANOV,
Xonqa tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.