Davlat boji davlat boji qonunchilikda talab qilinganidan ortiqcha miqdorda to‘langanida, sud da’vo arizasini (arizani, shikoyatni) qaytarganda yoki qabul qilishni rad etganda, shuningdek notarius notarial harakatlarni amalga oshirishni rad etganda, apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyati qaytarilganda yoki uni qabul qilish rad etilganda, davlat boji to‘langan da’vo arizasi (ariza, shikoyat) yoki apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyati sudga kelib tushmagan hollarda to‘liq yoki qisman qaytarilishi kerak. O’zbekiston Respublikasi Davlat boji to’g’risidagi qonuniga asosan boshqa hollarda ham davlat bojini qaytarish tartibi qo’llanadi.
A.BEKCHANOV,
Xonqa tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.