O‘zbekiston Respublikasining konsullik yig‘imlarini undirishdan voz kechish to‘g‘risidagi xalqaro shartnomasi mavjud bo‘lsa, chet ellik fuqarolar, repatriatsiya ishlari bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, chet ellik fuqarolar chet el diplomatik pasportlariga o‘zarolik asosida viza qo‘yish chog‘ida, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar mehnat staji, ijtimoiy ta’minot to‘g‘risidagi va alimentlar undirish haqidagi ishlarga doir hujjatlarni so‘rab olish va legallashtirish chog‘ida konsullik yig‘imini to‘lashdan ozod qilinadi. O’zbekiston Respublikasining Davlat boji to’g’risidagi qonuniga asosan boshqa hollarda ham konsullik yig’imini to’lashdan ozod qilish tartibi qo’llanadi.
A.BEKCHANOV,
Xonqa tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.