Shaxslar — davlat pensiyalari va nafaqalarini olish uchun zarur bo‘lgan, shuningdek vasiylik qilish va farzandlikka olish to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari to‘g‘riligini ularga tasdiqlab berganlik uchun, shaxslar — mol-mulkini davlat foydasiga, shuningdek yuridik shaxslar foydasiga hadya qilish to‘g‘risidagi vasiyatnomalari va shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun, davlat soliq xizmati organlari va moliya organlari — ularga davlatning merosga bo‘lgan huquqi to‘g‘risidagi guvohnomalarni (guvohnomalarning dublikatini) berganlik, shuningdek ushbu guvohnomalarni (guvohnomalarning dublikatini) olish uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlar uchun, nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari, ularning muassasalari, o‘quv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari — barcha notarial harakatlar bo‘yicha notarial harakatlar amalga oshirilganda davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi. O’zbekiston Respublikasining Davlat boji to’g’risidagi qonuniga asosan boshqa hollarda ham davlat bojidan ozod qilish tartibi qo’llanadi.
A.BEKCHANOV,
Xonqa tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.