Kuzatuvchi.uz / QANDAY HOLLARDA IQTISODIY SUDLARDA DAVLAT BOJINI TO’LASHDAN OZOD QILISH TARTIBI QO’LLANISHI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

QANDAY HOLLARDA IQTISODIY SUDLARDA DAVLAT BOJINI TO’LASHDAN OZOD QILISH TARTIBI QO’LLANISHI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

Da’vogarlar — o‘rmon daraxtlarini o‘zboshimchalik bilan kesish hamda o‘rmondan foydalanish, o‘rmonni qo‘riqlash va muhofaza qilish tartibi va shartlarini boshqacha tarzda buzish tufayli o‘rmon fondiga yetkazilgan zararni undirish to‘g‘risidagi, o‘rmon xo‘jaligi daromadi summalarini (shu jumladan, o‘rmon daraxtlarini o‘sib turgan joyida sotish qoidalarini buzganlik uchun zarar va neustoykani, shuningdek o‘zboshimchalik bilan o‘rmon daraxtlarini kesganlik, pichan o‘rganlik va mollarni o‘tlatganlik uchun jarimalarni) undirish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari — palata a’zolarining manfaatlarini ko‘zlab qilingan da’volar yuzasidan, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy kengashlar — fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari manfaatlarini ko‘zlab qilingan da’volar bo‘yicha, nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari, shuningdek ularning muassasalari, o‘quv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari — barcha da’volar bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining hududiy bo‘linmalari — “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq pensiyalarni to‘lashga ketgan mablag‘larni tashkilotlardan undirib olish bo‘yicha da’volar, shu jumladan regress da’volar yuzasidan iqtisodiy sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi. O’zbekiston Respublikasining Davlat boji to’g’risidagi qonuniga asosan boshqa hollarda ham davlat bojidan ozod qilish tartibi qo’llanadi.

 

   A.BEKCHANOV,

 Xonqa tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

21-03-2025, 16:14
Saytga qaytish