Kuzatuvchi.uz / QURILISH CHOGʻIDA TUPROQ UNUMDORLIGI MUHOFAZA QILINADI

QURILISH CHOGʻIDA TUPROQ UNUMDORLIGI MUHOFAZA QILINADI

Prezident tomonidan 02.02.2024 yildagi “Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish toʻgʻrisida” OʻRQ-903-son Qonun imzolandi.

 

Hujjat tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.

 

Quyidagilarni:

tuproqning unumdor qatlamini sidirib olish ushbu faoliyatni amalga oshiruvchi sub’yektlar tomonidan amalga oshiriladi.

 

Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish chogʻida sidirib olingan tuproq mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan belgilangan joylarga saqlash uchun olib chiqiladi.

Tuproqning unumdor qatlami sidirib olinmaganligi va saqlanmaganligi fakti aniqlangan taqdirda, yetkazilgan zararning oʻrni mahalliy byudjetga qoplanadi.

 

J.ABDUKARIMOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

21-02-2024, 06:55
Saytga qaytish