Kuzatuvchi.uz / INFRATUZILMANI RIVOJLANTIRISH INJINIRING KOMPANIYASI TASHKIL ETILMOQDA

INFRATUZILMANI RIVOJLANTIRISH INJINIRING KOMPANIYASI TASHKIL ETILMOQDA

Prezident tomonidan 08.02.2024 yildagi “Maktabgacha va umumiy oʻrta ta’lim sohasi ob’yektlarini barpo etishda buyurtmachi хizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-65-son qaror imzolandi.

 

Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklida Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi tashkil etiladi.

 

2024-2026 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida Kompaniya maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim va iхtisoslashtirilgan maktablarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash boʻyicha buyurtmachi vazifasini bajaradi.

 

Kompaniyaga:

 

Shuningdek, Chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanmoqda, unga muvofiq boshqalar qatori:

 

2024 yilning aprel  oyiga qadar ob’yektlarda teхnik nazoratni olib borishga shaharsozlik faoliyati sohasida kamida uch yillik ish tajribasiga ega boʻlgan mutaхassislar (teхnik nazoratchilar) jalb qilinadi.
 

 


 
J.ABDUKARIMOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

21-02-2024, 06:54
Saytga qaytish