Kuzatuvchi.uz / ADVOKATLAR STATISTIK MA’LUMOTLARNI QANDAY TAQDIM ETADILAR?

ADVOKATLAR STATISTIK MA’LUMOTLARNI QANDAY TAQDIM ETADILAR?

Adliya vazirining “Advokatlik tuzilmalari tomonidan statistik ma’lumotlarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi roʻyхatdan oʻtkazildi (23.12.2024-y. AV roʻyхat raqami 3588-son).

Advokatlik tuzilmasi rahbari statistik ma’lumotlarni "Yuridik yordam" aхborot tizimi orqali Advokatlar palatasining tegishli hududiy boʻlinmasiga taqdim etadi.

Bunda birinchi hisobot davri uchun ma’lumotlar 10 iyulgacha, ikkinchi davr uchun – 10 yanvargacha taqdim etiladi.

Taqdim etilgan ma’lumotlar tizimda 15 yil saqlanadi.

Statistik hisobot shakli bilan shu yerda tanishish mumkin.

 

 

Urganch shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi.

20-02-2025, 10:57
Saytga qaytish