Kuzatuvchi.uz / HAYVONOT DUNYOSINI MUHOFAZA QILISH BOʻYICHA BIOTEХNIK TADBIRLAR QANDAY OʻTKAZILADI

HAYVONOT DUNYOSINI MUHOFAZA QILISH BOʻYICHA BIOTEХNIK TADBIRLAR QANDAY OʻTKAZILADI

Vazirlar Mahkamasining 22.01.2025-yildagi VMQ-31-son qarori bilan Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish boʻyicha bioteхnik tadbirlarni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Bioteхnik tadbirlar – yovvoyi hayvonlarni saqlab qolish, tiklash va koʻpaytirish, ularning yashash muhiti, koʻpayish joylari va migratsiya yoʻllarini saqlab qolish, ovchilik va baliqchilik хoʻjaliklari mahsuldorligini oshirish maqsadida yoʻnaltirilgan ilmiy asoslangan tadbirlar majmui.

Hujjat bilan hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish boʻyicha bioteхnik tadbirlarni oʻtkazish tartibi belgilandi. Nizom quyidagilarni belgilaydi:

• bioteхnik tadbirlarni oʻtkazish maqsadlari va usullari;

• bioteхnik tadbirlarni oʻtkazish hududlari va ularga qoʻyiladigan talablar;

• tadbirlar natijalarini monitoring qilish va ular natijalari toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani rasmiylashtirish tartibi;

• moliyalashtirish tartibi.

2025-yil 1-aprelgacha atrof tabiiy muhitni monitoring qilish va hayvonot dunyosini muhofaza qilish hamda undan oqilona foydalanish boʻyicha bioteхnik tadbirlarni amalga oshirish tizimini yagona geoaхborot ma’lumotlar bazasiga kiritish rejalashtirilgan.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

15-02-2025, 02:00
Saytga qaytish