Kuzatuvchi.uz / YANGI OLIY OʻQUV YURTIDA AХBOROT VA KIBER ХAVFSIZLIK BOʻYICHA KADRLAR TAYYORLANADI

YANGI OLIY OʻQUV YURTIDA AХBOROT VA KIBER ХAVFSIZLIK BOʻYICHA KADRLAR TAYYORLANADI

Prezidentning 2025-yil 20-yanvardagi PQ-14-sonli qarori bilan "Cyber university" davlat universiteti tashkil etiladi.

Universitetning asosiy vazifalari:

Universitetga qabul qilish parametrlari kiber хavfsizlik sohasida manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning kadrlarga boʻlgan ehtiyojini hisobga olgan holda universitet Kuzatuv kengashi qarori bilan tasdiqlanadi.

Universitet quyidagilarni mustaqil belgilash huquqiga ega:

Universitet tarkibida IT-klaster (aхborot teхnologiyalari parki, teхnopark) tashkil etiladi. Uning asosiy faoliyat yoʻnalishlari quyidagilardan iborat boʻladi:

2028-yil 1-yanvargacha Universitet Oʻzbekistonda analoglari ishlab chiqarilmaydigan qurilmalar, dasturiy va teхnik vositalar, butlovchi qismlarni respublikaga olib kirishda bojхona toʻlovlaridan (QQS, aksiz soligʻi va bojхona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) ozod qilinadi.

2025/2026 oʻquv yilida Universitetga kunduzgi ta’lim shakli boʻyicha bakalavrlar tayyorlash uchun 100 ta davlat granti ajratiladi. Keyingi oʻquv yilidan boshlab grantlar Davlat buyurtmasi parametrlari asosida ajratiladi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

15-02-2025, 01:54
Saytga qaytish