Kuzatuvchi.uz / TADBIRKORLARNI DAVLAT BOJINI TOʻLASHDAN OZOD ETUVCHI HOLATLAR KENGAYTIRILDI

TADBIRKORLARNI DAVLAT BOJINI TOʻLASHDAN OZOD ETUVCHI HOLATLAR KENGAYTIRILDI

Prezident tomonidan 13.01.2025-yildagi «Davlat boji toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish haqida»gi OʻRQ-1018-son Qonun imzolandi.

Endilikda ma’muriy-hududiy birliklar tuzilganligi yoki tugatilganligi, ularning chegaralari yoki boʻysunuvi oʻzgartirilganligi natijasida tadbirkorlik sub’yektlarining va boshqa yuridik shaхslarning joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgarganda ular qayta davlat roʻyхatidan oʻtkazganlik uchun davlat bojini toʻlashdan ozod etiladilar.

Shuningdek, sugʻurta qildiruvchilar majburiy sugʻurta shartnomalaridan kelib chiqadigan da’volar yuzasidan davlat bojini toʻlashdan ozod etiladilar.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

15-02-2025, 01:21
Saytga qaytish