Kuzatuvchi.uz / QANDAY TOʻLOVLAR NAVBATDAN TASHQARI AMALGA OSHIRILADI?

QANDAY TOʻLOVLAR NAVBATDAN TASHQARI AMALGA OSHIRILADI?

Markaziy bank boshqaruvi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qoʻmitasining «Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida»gi qarorga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida»gi qoʻshma qarori qabul qilindi (15.01.2025-y. AV roʻyхat raqami 2342-12-son).

Xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvaragʻi ochilgan bankda 2-son kartoteka mavjud boʻlgan hollarda toʻlovlarni amalga oshirilish navbatiga aniqlik kiritilmoqda.

Xususan, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning kommunal хizmatlari (elektr energiyasi, gaz ta’minoti) uchun toʻlovlari navbatdan tashqari tartibda ularning asosiy hisobvaragʻiga kelib tushgan jami tushumlar doirasida amalga oshiriladi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

14-02-2025, 23:59
Saytga qaytish