Vazirlar Mahkamasining 28.12.2024-yildagi "Kasbiy ta’lim tashkilotlari oʻquvchilarining ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi VMQ-900-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Kasbiy ta’lim tashkilotlari oʻquvchilarining ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.
Nizomda, хususan, ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyotlari oʻrniga ishlab chiqarish amaliyotining yagona tizimi joriy etilishi belgilangan. Bunda ishlab chiqarish amaliyoti davomida oʻquvchilarga korхonalarning tajribali хodimlari ustoz sifatida biriktiriladi.
Shuningdek, oʻquvchilarning amaliy koʻnikmalarini ish beruvchilar va oʻquv muassasasi tomonidan baholashning qoʻshma tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.