Prezident Farmoni (PF-158-son, 16.10.2024 y.) qabul qilindi Farmonga koʻra, kasbiy ta'lim tashkilotlarining amaldagi turlari maqbullashtirilib, kasbiy ta'limning barcha darajalari boʻyicha kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmogʻi tashkil etiladi.
Texnikumlarda:
➖kadrlar tayyorlash Ta'limning xalqaro standart tasniflagichi va Oʻzbekiston milliy malaka tizimi talablariga mos ravishda tashkil etiladi;
➖boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy ta'lim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi, shuningdek, malaka va kompetensiyalar boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etiladi;
➖boshlangʻich kasbiy ta'lim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash umumiy oʻrta ta'lim tashkilotining 9-sinfini tamomlagan oʻquvchilar uchun – davlat granti asosida amalga oshiriladi;
➖oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy ta'lim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida tashkil etiladi;
➖oʻrta maxsus kasbiy ta'lim dasturlarining bitiruvchilariga oʻzlashtirgan modullari, toʻplagan kreditlari va oliy ta'lim tashkiloti tomonidan belgilangan ballar oʻrtacha qiymatidan (GPA) kelib chiqib, bakalavriatning tegishli bosqichidan oʻqishni davom ettirishga ruxsat etiladi.
D.AZAMATOVA,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.