Kuzatuvchi.uz / PEDAGOGLAR SUDGA SHIKOYAT QILGANIDA DAVLAT BOJI TOʻLAMAYDI

PEDAGOGLAR SUDGA SHIKOYAT QILGANIDA DAVLAT BOJI TOʻLAMAYDI

“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunning 8 hamda 10-moddalariga asosan, Pedagog xodimlar – kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida oʻz sha'ni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini himoya qilish bilan bogʻliq ishlar yuzasidan Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarda davlat bojini toʻlashdan ozod qilinadi. Shuningdek, ular – kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida pedagog xodimlarning huquqlarini buzayotgan davlat organlarining gʻayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan Ma'muriy sudlarga shikoyat qilganda davlat bojini toʻlashdan ozod qilinadi.

 

D.AZAMATOVA, 

Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

8-02-2025, 00:55
Saytga qaytish