Prezidentning 2022-yildagi 167-son qaroriga asosan:
— oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar va yolgʻiz yashaydigan keksalar har yili bir marotaba sanatoriylarda bepul sogʻlomlashtiriladi;
— sharoiti ogʻir va kam ta'minlangan keksalarga reseptga asosan 3 oylik ehtiyoj asosida dorilar, tibbiy va maxsus protez-ortopediya moslamalari olib beriladi hamda jarrohlik amaliyotlarining xarajatlari qoplanadi;
— ogʻir tashxisli kasal hamda nogiron keksalarga shifokorlar reseptlariga muvofiq, 3 oylik ehtiyojdan kelib chiqib dori vositalarining 50 foizigacha summasi kompensasiya qilinadi;
— keksalarning jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishlari uchun abonement xarajatlari qoplanadi;
— davlat teatrlari va muzeylariga keksalar uchun chipta narxlari toʻliq qoplab beriladi.
A.SHARIPBOYEV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.