Kuzatuvchi.uz / RESPUBLIKA IJRO ETUVCHI HOKIMIYAT ORGANLARI VA XOʻJALIK BIRLASHMALARI TEXNIKUMLARGA BIRIKTIRILADI

RESPUBLIKA IJRO ETUVCHI HOKIMIYAT ORGANLARI VA XOʻJALIK BIRLASHMALARI TEXNIKUMLARGA BIRIKTIRILADI

Farmonga muvofiq, 2025-yil 1-yanvardan negizida texnikumlar tashkil etiladigan kasbiy ta'lim tashkilotlari roʻyxati tasdiqlandi. 2025-yil 1-sentyabrgacha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari belgilangan tartibda kadrlar buyurtmachisi va sanoat hamkori sifatida texnikumlarga biriktiriladi. 2025/2026 oʻquv yilidan texnikumlarga quyidagilarni amalga oshirishga ruxsat beriladi:

fanlarni bir-biriga integrasiya qilishga hamda ajratilgan soatlar doirasida mutaxassislik va umumkasbiy fan (modul)larning soatlarini 30 foizgacha oʻzgartirishga;

🔹etakchi xorijiy ta'lim tashkilotlari ishtirokida toʻlov-kontrakt asosidagi qoʻshma ta'lim dasturlarini joriy qilishga;

🔹kadrlar tayyorlash va qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga;

🔹fuqarolar va ishsizlarni kasb-hunar, xorijiy tillar va tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil qilishga;

🔹kasbiy koʻnikmalar markazlaridan amaliyot bazalari sifatida bepul foydalanishga.

 

D.AZAMATOVA, 

Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

8-02-2025, 00:50
Saytga qaytish