Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-978-son, 21.10.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlarga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritildi.
Qonunga koʻra, Jinoyat kodeksiga va Ma'muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga bolalarga nisbatan oilaviy zoʻravonlik sodir etganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Shuningdek, Jinoyat-prosessual kodeksiga oilaviy (maishiy) zoʻravonlik bilan bogʻliq ishlar yuzasidan yarashuv toʻgʻrisidagi ariza faqat sud muhokamasi bosqichida berilishi mumkinligi belgilanmoqda.Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.
I.RAXIMBERGANOV
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.