Kuzatuvchi.uz / AJRIM UCHUN ARIZA BЕRILGANDA SUD 6 OYGACHA MUDDAT BЕLGILASHGA HAQLI️

AJRIM UCHUN ARIZA BЕRILGANDA SUD 6 OYGACHA MUDDAT BЕLGILASHGA HAQLI️

Oila kodeksining 40-moddasiga asosan, nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ishlar sud tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.Sud ishning ko‘rilishini keyinga qoldirib, er-xotinga yarashish uchun olti oygacha muhlat tayinlashga haqli.Sud er-xotinga yarashish uchun muhlat tayinlab, ishning ko‘rilishini keyinga qoldirgan taqdirda, er-xotinning birga yashash joyidagi fuqarolar yig‘inining yarashtirish komissiyasini, agar ular birga yashamayotgan bo‘lsa, har birining yashash joyidagi fuqarolar yig‘inining yarashtirish komissiyasini er-xotinni yarashtirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish uchun uch kundan kechiktirmasdan yozma ravishda xabardor qilishi kerak.

I.RAXIMBERGANOV

Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

7-02-2025, 13:49
Saytga qaytish