Xabaringiz bor 2024-yil 9-oktabrdagi O‘RQ-973-son Qonun bilan yer kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari tuman kengashlari rayosatining qaroriga muvofiq fermer yoki dehqon xo‘jaligining O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga a'zoligi tugatilganda yerga bo‘lgan ijara huquqi bekor bo‘lishi qoidasi olib tashlandi. Endi fermer kengashdan chiqarilganda bu fermerning yerga bo‘lgan huquqini bekor bo‘lishiga olib kelmaydi.
A.SHARIPBOYEV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.