Kuzatuvchi.uz / BOQUVCHISINI YO‘QOTGANLIK UCHUN PENSIYA OLMAYDIGAN BEVALAR DAROMAD SOLIG‘I BO‘YICHA IMTIYOZGA EGA

BOQUVCHISINI YO‘QOTGANLIK UCHUN PENSIYA OLMAYDIGAN BEVALAR DAROMAD SOLIG‘I BO‘YICHA IMTIYOZGA EGA

Soliq kodeksining 380-moddasiga asosan, Ikki va undan ortiq o‘n olti yoshga to‘lmagan bolalari bor hamda boquvchisini yo‘qotganlik uchun pensiya olmaydigan beva ayol va beva erkaklar daromadlar qaysi oyda olingan bo‘lsa, o‘sha oyda har bir oy uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,41 baravari (1 628 550 so‘m) miqdoridagi daromadlari bo‘yicha daromad solig‘idan ozod qilingan. Bu imtiyoz erning (xotinning) vafot etganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, bolalar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar, yangi nikohdan o‘tmaganlik hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman yoki shahar bo‘limining boquvchisini yo‘qotganlik uchun pensiya olinmasligi haqidagi ma'lumotnomasi taqdim etilgan taqdirda beriladi.

K.ISMOILOV,

 Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.

 

7-02-2025, 13:46
Saytga qaytish