Kuzatuvchi.uz / FARZANDINI XUSUSIY BOG‘CHA VA MAKTABLARGA BERADIGAN OTA-ONALARGA SOLIQ IMTIYOZI BELGILANGAN

FARZANDINI XUSUSIY BOG‘CHA VA MAKTABLARGA BERADIGAN OTA-ONALARGA SOLIQ IMTIYOZI BELGILANGAN

Prezident tomonidan imzolangan qonunga ko‘ra, soliq to‘lovchining farzandlariga nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari va (yoki) maktablar ko‘rsatadigan ta'limga oid xizmatlar uchun ota-ona (farzandlikka oluvchilar) tomonidan har bir farzand uchun to‘lanadigan oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlariga yo‘naltiriladigan daromadlariga soliq solinmasligi belgilandi. Faqat buning uchun ota-onalar xususiy bog‘cha yoki maktabga qilgan to‘lovlari haqidagi kvitansiyalarini saqlab qo‘ygan bo‘lishlari kerak bo‘ladi. Yil oxirida ular daromadlar haqida deklaratsiya bilan birga barcha kvitansiyalarni soliq idorasiga taqdim etishadi va ortiqcha to‘langan daromad solig‘i qismini bitta qilib qaytarib olishadi. Agar farzandi uchun xususiy bog‘cha yoki maktabga ishxonasi orqali pul o‘tkazadigan ota-onalar bo‘lsa, unda korxona buxgalteriyasiga daromad solig‘ini ushlab qolish bo‘yicha ariza berishlari kerak bo‘ladi. Uyog‘iga nima qilish kerakligini buxgalteriyaning o‘zi biladi. Xuddi OTMlarga kontrakt to‘lovi uchun beriladigan imtiyoz kabi 12% daromad solig‘i qismini ushlab qolib, xodimning oyligiga qo‘shib berishadi.

 

D.AZAMATOVA, 

Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

7-02-2025, 13:43
Saytga qaytish