“Respublikada agrosanoat sohasiga yangibozor mexanizmlarini joriy etish hamda sanoatlashgan bogʻ va tokzorlarni barpo qilishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident farmoni qabul qilindi.
Hujjatga muvofiq 2025-yil 1-yanvardan:
🔹Maxsus komissiyalar tomonidan yaroqsiz va iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosilli deb topilgan bogʻ va tokzorlar egallagan maydonlar uchun yer soligʻi, agar shunday xulosa chiqarilgan kundan eʻtiboran 12 oy mobaynida ularning oʻrnida yangi bogʻ yoki tokzor tashkil etilmasa, 3 baravar oshiriladi.
Shu bilan birga, Agrosanoatni rivojlantirish agentligi va Soliq qoʻmitasining tegishli axborot tizimlari integratsiya qilinadi. Soliq qoʻmitasiga iqtisodiy samarasiz va kam hosilli bogʻ va tokzorlar toʻgʻrisidagi maʻlumotlar muntazam ravishda yuboriladi.️Ushbu tartib Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng amaliyotga joriy etiladi.
🔹Yangi bogʻlar barpo etish uchun payvandtagli mevali koʻchatlar va payvandtaglar, payvandustlari, onalik materiallari va texnikalarini xorijiy davlatlardan (qoʻshni davlatlardan tashqari) olib kirilayotganda tashabbuskorlar QQSdan ozod etiladi.
K.ISMOILOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.