Kuzatuvchi.uz / XODIMLARNING MEHNAT HUQUQI KAFOLATLARI KUCHAYTIRILADI

XODIMLARNING MEHNAT HUQUQI KAFOLATLARI KUCHAYTIRILADI

Qarorga ko‘ra, belgilansinki, xodimlarning mehnat huquqlarini kafolatlash hamda mehnat muhofazasini ta'minlash maqsadida: 2025-yil 1-yanvardan boshlab xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish va mehnatni muhofaza qilishni kuchaytirish, ish beruvchilar bilan xodimlar o‘rtasidagi muvozanatli mehnat munosabatlarini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda mehnat sohasidagi nizolarni hal etishni mediasiya usulida videokonferensaloqa shaklida amalga oshirish tizimi joriy etiladi; 2025-yil 1-martdan boshlab mulkchilik shaklidan qat'i nazar barcha tashkilotlarda mehnat huquqlari va mehnat muhofazasi ta'minlanganlik holati onlayn reyting asosida baholanadi; 2026-yil 1-yanvarga qadar ish joylaridagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining oldini olish hamda xavfsiz mehnat sharoitlarini ta'minlash maqsadida mehnat xavfsizligi va gigienasi standartlari ishlab chiqiladi.

 

I.RAXIMBERGANOV

Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

7-02-2025, 13:36
Saytga qaytish