O‘zbekiston Respublikasining ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 198 prim 1-moddasiga binoan bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravariga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi summani undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatining mazkur hujjatni ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun davlat ijrochisi belgilagan muddatda qarzdor tomonidan uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro etilmasligi —fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
A.SHARIPBOYEV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.