Vazirlar Mahkamasining qarori, 05.10.2024-yildagi 641-sonli (https://lex.uz/pdfs/7136947) qaroriga asosan Diniy tashkilot uchun bino qurish maqsadida yer uchastkasiga ehtiyoj mavjud bo‘lgan taqdirda diniy tashkilotning tashabbuskorlari (ta'sischilari) bu haqda tegishli fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga murojaat qiladi. Diniy tashkilotlar uchun bino qurish maqsadida yer uchastkasi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga doimiy foydalanish huquqi asosida vakolatli organ bilan kelishuvga muvofiq mazkur Reglamentda belgilangan tartib asosida ajratiladi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ajratilgan yer uchastkasini diniy tashkilotga bepul asosda ijaraga beradi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga doimiy foydalanish fuquqi asosida yer uchastkasini ajratish bilan bog‘liq barcha xarajatlar diniy tashkilotning tashabbuskorlari (ta'sischilari) tomonidan qoplanadi.
A.SHARIPBOYEV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.