Ma’muriy javogarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-moddasiga asosan, foyda (daromad) yoki boshqa soliq solish obyektlarining hisobini olib bormaslik yoxud bunday hisobni belgilangan tartibni buzgan holda yuritish, agar bu harakatlar to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlarning yoki yig‘imlarning summasini kamaytirishga olib kelsa, shuningdek soliqlarni va yig‘imlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lash uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlarni taqdim etmaslik, xuddi shuningdek kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha aniqlangan tafovutlarning asoslarini yoxud aniqlashtirilgan soliq hisobotini belgilangan muddatda taqdim etmaslik — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
K.ISMOILOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.