Kuzatuvchi.uz / MUASSASA HAMDA MUASSASA MOL-MULKINI TASARRUF ETISH TARTIBI

MUASSASA HAMDA MUASSASA MOL-MULKINI TASARRUF ETISH TARTIBI

        O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 76-moddasiga ko`ra, agar boshqaruv, ijtimoiy-madaniy vazifalarni yoki tijoratchilikdan iborat bo‘lmagan boshqa vazifalarni amalga oshirish uchun mulkdor tomonidan tashkil etilgan va to‘la yoki qisman moliyaviy ta’minlab turiladigan tashkilot muassasa hisoblanadi.

         Muassasaning o‘ziga biriktirib qo‘yilgan va o‘zi sotib olgan mol-mulkka bo‘lgan huquqlari ushbu Kodeksning 178 va 180-moddalariga muvofiq belgilanadi.

            Muassasa o‘z majburiyatlari bo‘yicha ixtiyoridagi pul mablag‘lari bilan javob beradi. Bu mablag‘lar yetarli bo‘lmasa, tegishli mol-mulkning egasi uning majburiyatlari yuzasidan subsidiar javobgar bo‘ladi.

              Ayrim turdagi davlat muassasalari va boshqa muassasalar huquqiy mavqeyining xususiyatlari qonunchilik bilan belgilanadi.

            Muassasa o‘ziga biriktirib qo‘yilgan mol-mulkni va smeta bo‘yicha unga ajratilgan mablag‘larga sotib olingan mol-mulkni boshqa shaxsga berishga yoki o‘zgacha usul bilan tasarruf etishga haqli emas.

            Agar ta’sis hujjatlariga muvofiq muassasaga daromad keltiradigan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi berilgan bo‘lsa, bunday faoliyatdan olingan daromad va bu daromad hisobidan sotib olingan mol-mulk muassasaning mustaqil tasarrufiga o‘tadi va alohida balansda hisobga olinadi.

 

Ixlosbek ESHCHANOV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

21-02-2024, 04:20
Saytga qaytish