Kuzatuvchi.uz / O'ZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLAB OLINGAN YER VA UNDAGI KO'CHMAS MULKKA MULK HUQUQINI E'TIROF ETISHGA OID QONUN 8-NOYABRDAN KUCHGA KIRDI

O'ZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLAB OLINGAN YER VA UNDAGI KO'CHMAS MULKKA MULK HUQUQINI E'TIROF ETISHGA OID QONUN 8-NOYABRDAN KUCHGA KIRDI

🔰Unga ko'ra, fuqarolar quyidagi ko'chmas mulklarni o'z nomiga (ijara va mulk huquqi asosida) qonuniy o'tkazib olishi mumkin (https://lex.uz/docs/-7049383):

 

2018-yil 1-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o'zboshimchalik bilan egallagan yer hamda undagi bino va inshootlar;

 

2018-yil 1-may kunigacha fuqarolar va tashkilotlar tomonidan hujjatda ko'rsatilgan maydondan ortiqcha egallangan yer hamda undagi bino va inshootlar;

 

“bir martalik aksiya” doirasida huquqlarni e'tirof etish oxiriga yetmagan yer hamda undagi bino va inshootlar;

 

2021-yil 8-iyunga (hokimlarning vakolati bekor qilinguniga) qadar tuman (shahar) hokimlari qarori bilan ajratilgan, lekin viloyat hokimi yoki xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanmagan yer;

 

bog'dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylar hamda ular egallagan yer;

 

kichik sanoat zonalari hududiga 2020-yil 9-martgacha joylashtirilgan tadbirkorlarning yeri;

 

davlat orderi bilan xususiylashtirilgan binolar va uylar egallagan yer;

 

hokim qarori bilan mulk huquqi e'tirof etilgan binolar va uylar egallagan yer uchastkasi.

 

Yangibozor tuman adliya bolimi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

27-12-2024, 17:24
Saytga qaytish