Kuzatuvchi.uz / “O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI TO'G'RISIDA”GI KONSTITUTSIYAVIY QONUN (O'RQ-982-SON 25.10.2024-Y.) QABUL QILINDI

“O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI TO'G'RISIDA”GI KONSTITUTSIYAVIY QONUN (O'RQ-982-SON 25.10.2024-Y.) QABUL QILINDI

🔰Unga ko'ra, Vazirlar Mahkamasi – ijro etuvchi hokimiyatning oliy organi bo'lib, iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma'naviy sohalarning samarali faoliyat ko'rsatishiga rahbarlik qilishni, Konstitutsiya va qonunlar, Oliy Majlis palatalari qarorlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta'minlaydi.

🏢Vazirlar Mahkamasi O'zbekistonda ijro etuvchi hokimiyatning yagona tizimiga rahbarlik qiladigan kollegial organdir. 

📜 Vazirlar Mahkamasi o'z faoliyatida Oliy Majlis va Prezident oldida javobgardir. 

🔍 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaxlit tizimiga vazirliklar, qo'mitalar, agentliklar va inspeksiyalar kiradi.

 Vazirlar Mahkamasi O'zbekiston Hukumatining a'zolari – Bosh vazir, uning o'rinbosarlari va vazirlardan iboratdir. Qoraqalpog'iston Respublikasi hukumatining boshlig'i Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o'z lavozimi bo'yicha kiradi.

 

N.NURJONOV,

Yangibozor tumani yuridik xizmat korsatish markazi boshligi.

 

27-12-2024, 17:15
Saytga qaytish