Kuzatuvchi.uz / YURIDIK SHAXSNI QAYTA TASHKIL ETISH

YURIDIK SHAXSNI QAYTA TASHKIL ETISH

          O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49-moddasiga asosan, yuridik shaxsni qayta tashkil etish (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirish) uning muassislari (ishtirokchilari) yoki ta’sis hujjatlarida shunga vakil qilingan yuridik shaxs organi qaroriga muvofiq amalga oshirilishi mumkin.

            Qonunda belgilangan hollarda yuridik shaxsni bo‘lish yoki uning tarkibidan bir yoxud bir necha yuridik shaxsni ajratib chiqarish shaklida uni qayta tashkil etish vakil qilingan davlat organlarining qarori bilan yoxud sud qarori bilan amalga oshiriladi.

          Agar yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari), ular vakil qilgan organ yoki yuridik shaxsning o‘z ta’sis hujjatlari bilan qayta tashkil etishga vakil qilingan organi yuridik shaxsni vakolatli davlat organining qarorida belgilangan muddatda qayta tashkil etmayotgan bo‘lsa, sud mazkur davlat organining da’vosi bo‘yicha yuridik shaxsning boshqaruvchisini tayinlaydi va unga ushbu yuridik shaxsni qayta tashkil etishni topshiradi. Boshqaruvchi tayinlangan paytdan boshlab unga yuridik shaxsning ishlarini boshqarish vakolatlari o‘tadi. Boshqaruvchi sudda yuridik shaxs nomidan harakat qiladi, taqsimlash balansini tuzadi va uni yuridik shaxslarni qayta tashkil etish natijasida vujudga keladigan ta’sis hujjatlari bilan birga ko‘rib chiqish uchun sudga topshiradi. Sudning ushbu hujjatlarni tasdiqlashi yangidan vujudga kelayotgan yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘ladi.

            Qonunda belgilangan hollarda yuridik shaxslarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish yoki o‘zgartirish shaklida qaytadan tashkil etish vakolatli davlat organlarining roziligi bilangina amalga oshirilishi mumkin.

            Qo‘shib olish shaklida qayta tashkil etish hollarini istisno qilganda, yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs qayta tashkil etilgan hisoblanadi.

         Yuridik shaxs unga boshqa yuridik shaxsni qo‘shib olish shaklida qayta tashkil etilganida qo‘shib olingan yuridik shaxsning faoliyati to‘xtatilgani haqidagi yozuv yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritilgan paytdan boshlab yuridik shaxs qayta tashkil etilgan hisoblanadi.

 

Ixlosbek ESHCHANOV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 

21-02-2024, 04:13
Saytga qaytish