Kuzatuvchi.uz / FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMALARINI YOZISHGA BORMASDAN NIKOH TUZILGANLIGINI QAYD QILISH HAQIDA ARIZA BERISH MUMKINMI?

FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMALARINI YOZISHGA BORMASDAN NIKOH TUZILGANLIGINI QAYD QILISH HAQIDA ARIZA BERISH MUMKINMI?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-son qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari”ga ko‘ra Nikoh nikoh tuzishni xohlovchi shaxslar bu to‘g‘rida belgilangan namunadagi yozma yoki elektron ariza bilan murojaat etgan kundan keyin bir oy o‘tgach FHDYo organi tomonidan qayd etiladi.

FHDYo organlari tomonidan nikohlanuvchi shaxslarning nikoh tuzilganligini qayd etish to‘g‘risidagi arizasini qabul qilishda belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yo‘llanma beriladi, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 17-moddasi ikkinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasno.

 

N.NURJONOV,

Yangibozor tumani yuridik xizmat korsatish markazi boshligi.

 

27-12-2024, 16:17
Saytga qaytish