Kuzatuvchi.uz / YOSHGA DOIR PENSIYAGA CHIQMOQCHI BO`LGAN SHAXS MEHNAT DAFTARCHASINI YO‘QOTGAN BO`LSA ISHLAGAN ISH STAJLARINI QANDAY OLSA BO‘LADI?

YOSHGA DOIR PENSIYAGA CHIQMOQCHI BO`LGAN SHAXS MEHNAT DAFTARCHASINI YO‘QOTGAN BO`LSA ISHLAGAN ISH STAJLARINI QANDAY OLSA BO‘LADI?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.09.2021-yildagi “Arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 597-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yaroqsiz holatga kelgan yoki yo‘qotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning” ma’muriy reglamentiga asosan Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun o’ziga qulay bo’lgan davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelgan holda murojaat etadi yoki davlat xizmatidan elektron tarzda foydalangan holda yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan ariza yuboradi. So‘rovnomada so‘ralayotgan tashkilotlar hujjatlari tegishli davlat arxivida mavjud bo‘lmaganda, so‘rovnomani qabul qilgan davlat arxivi bir ish kuni mobaynida tegishli ma’lumot saqlanayotgan davlat arxivini aniqlaydi (tashkilotlar hujjatlari boshqa arxivda mavjud bo‘lmagan holatlar bundan mustasno) va so‘rovnomani tegishliligi bo‘yicha davlat arxivlariga yuboradi. Tegishli davlat arxivi so‘rovnoma tushgan vaqtdan boshlab yo‘qotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlashga oid ma’lumotnomalar uchun 20 ish kunidan oshmagan muddatda tegishli QR-kodli ma’lumotnomani shakllantiradi hamda tegishli davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali elektron shaklda ariza beruvchiga yuboradi.


N.NURJONOV,

Yangibozor tumani yuridik xizmat korsatish markazi boshligi.

27-12-2024, 16:16
Saytga qaytish