Kuzatuvchi.uz / QONUNCHILIKDA DAVLAT XIZMATLARINI KO‘RSATISH CHOG‘IDA DAVLAT BOJLARINI, YIG‘IMLAR VA BOSHQA TO‘LOVLARNI TO‘LASHDA QANDAY IMTIYOZLAR MAVJUD?

QONUNCHILIKDA DAVLAT XIZMATLARINI KO‘RSATISH CHOG‘IDA DAVLAT BOJLARINI, YIG‘IMLAR VA BOSHQA TO‘LOVLARNI TO‘LASHDA QANDAY IMTIYOZLAR MAVJUD?

“Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunning 22-prim 2-moddasiga muvofiq, Ijtimoiy himoya yagona reyestrida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlari markazlari va (yoki) O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatish chog‘ida qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlar bo‘yicha ellik foizli chegirma qo‘llaniladi, bundan tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxsning vakili sifatida murojaat qilish hollari mustasno.


N.NURJONOV,

Yangibozor tumani yuridik xizmat korsatish markazi boshligi.

27-12-2024, 16:14
Saytga qaytish