Kuzatuvchi.uz / DAVLAT TOMONIDAN QAYD ETILISHI LOZIM BO‘LGAN FUQAROLIK HOLATI HUJJATLARI

DAVLAT TOMONIDAN QAYD ETILISHI LOZIM BO‘LGAN FUQAROLIK HOLATI HUJJATLARI

          O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 38-moddasiga asosan, quyidagi fuqarolik holati hujjatlari davlat tomonidan qayd etilishi kerak:

            1) tug‘ilish;

            2) o‘lim;

            3) nikoh tuzilganligi;

            4) nikohdan ajralish.

            Fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish fuqarolik holati hujjatlarini yozish organlari tomonidan fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish daftariga (hujjatlar daftariga) tegishli yozuvlarni kiritish hamda shu yozuvlar asosida fuqarolarga guvohnomalar berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

            Farzandlikka olish, otalikni belgilash, familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish, jinsning o‘zgartirilishi kabi voqea va faktlar ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan fuqarolik holati hujjatlarida ularga tegishli o‘zgartishlar kiritish yo‘li bilan ifodalanadi.

            Fuqarolik holati hujjatlari yozuvlarini tuzatish va o‘zgartirish yetarli asoslar bo‘lsa hamda manfaatdor shaxslar o‘rtasida nizo bo‘lmasa, fuqarolik holati hujjatlarini yozish organi tomonidan amalga oshiriladi.

            Manfaatdor shaxslar o‘rtasida nizo bo‘lsa yoki fuqarolik holati hujjatlarini yozish organi yozuvni tuzatish yoki o‘zgartirishni rad etsa, nizo sud tomonidan hal qilinadi.

            Fuqarolik holati hujjatlari yozuvlarini bekor qilish va tiklash fuqarolik holati hujjatlarini yozish organi tomonidan, manfaatdor shaxslar o‘rtasida nizo bo‘lsa yoki fuqarolik holati hujjatlaridagi yozuvlarda jiddiy tafovutlar bo‘lsa — sud qarori asosida amalga oshiriladi.

            Fuqarolik holati hujjatlarini qayd etuvchi organlar, bu hujjatlarni qayd etish tartibi, fuqarolik holati hujjatlari yozuvlarini o‘zgartirish, tiklash va bekor qilish tartibi, hujjat daftarlari va guvohnomalarning shakllari, shuningdek hujjatlar daftarlarini saqlash tartibi va muddatlarini belgilovchi organlar qonunchilik bilan belgilanadi.

 

Ixlosbek ESHCHANOV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

                                                           

 

 

21-02-2024, 03:33
Saytga qaytish