Kuzatuvchi.uz / AGROSANOAT SOHASIDA YANGI BOZOR MEXANIZMLARI JORIY ETILADI

AGROSANOAT SOHASIDA YANGI BOZOR MEXANIZMLARI JORIY ETILADI

“Respublikada agrosanoat sohasiga yangi bozor mexanizmlarini joriy etish hamda sanoatlashgan bog' va tokzorlarni barpo qilishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-151-son, 30.09.2024) qabul qilindi.  Farmonga ko'ra, quyidagilar tashkil etiladi: Qishloq xo'jaligida xizmatlar ko'rsatish agentligi negizida Agrosanoatni rivojlantirish agentligi; Agentlik huzurida Bog'dorchilik va issiqxona xo'jaligini rivojlantirish jamg'armasi hamda Vinochilikni rivojlantirish jamg'armasi negizida Agrosanoatni rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg'armasi. 2024-yil 1-oktyabrdan sanoatlashgan yangi intensiv bog' va tokzorlarni barpo etish hamda moliyalashtirishning yangi tizimi joriy etiladi. 2024-yil 1-oktyabrdan yangi bog'larni barpo etishni Jamg'arma kredit resurslari hisobidan tijorat banklari orqali moliyalashtirishning quyidagi tartibi joriy etiladi: 1.bosqichda – yerni ekishga tayyorlash uchun imtiyozli kreditning 10 foizigacha miqdorda; 2️.bosqichda – ko'chat sotib olish va ekish xarajatlariga imtiyozli kreditning 40 foizigacha miqdorda; 3️.bosqichda – sug'orish tizimlarini o'rnatish xarajatlariga imtiyozli kreditning 30 foizigacha miqdorda; 4️.bosqichda – bog' hosilga kirgunga qadar 3 yil parvarishlash xarajatlariga imtiyozli kreditning 20 foizi miqdorida ajratiladi.

 

A.SHARIPBOYEV,

Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

26-12-2024, 13:07
Saytga qaytish