Kuzatuvchi.uz / XODIM PENSIYAGA CHIQAYOTGANDA ISH BERUVCHI QANDAY TOʻLOVLARNI AMALGA OSHIRADI

XODIM PENSIYAGA CHIQAYOTGANDA ISH BERUVCHI QANDAY TOʻLOVLARNI AMALGA OSHIRADI

Mehnat shartnomasini bekor qilish хodimning tashabbusinga koʻra amalga oshganda( MK 160-m. ) qonunchilikda хodimga hech qanday qoʻshimcha toʻlovlar nazarda tutilmagan.

Bu vaziyatda mehnat shartnomasini bekor qilishni rasmiylashtirish mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni хodim bilan toʻliq hisob-kitob qilish va  foydalanilmagan ta’tillar (ular mavjud boʻlgan taqdirda) uchun pulli kompensatsiya toʻlash bilan amalga oshiriladi (MK 234-m.).

Arizada «pensiyaga chiqish munosabati bilan» ishdan boʻshash sababini koʻrsatib, хodim quyidagi huquqlarga ega boʻladi:

ish beruvchini ishdan boʻshash toʻgʻrisida oʻn toʻrt kalendar kun oldin ogohlantirmaslik, ish beruvchi esa ishdan boʻshayotgan хodim bilan mehnat shartnomasini хodim talab qilgan muddatda bekor qilishi shart( MK 160-m. 8-q.);

ish beruvchidan tashkilotning ichki hujjatlari, jamoa yoki tarmoq shartnomasi bilan pensiyaga chiqish munosabati bilan ishdan boʻshayotganlar uchun belgilangan imtiyozlar va afzalliklarni olish.

 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

21-02-2024, 03:16
Saytga qaytish