Kuzatuvchi.uz / NOGIRONLIGI BO‘LGAN YOSHLARGA O‘QISH DAVRIDA YASHASH VA TRANSPORT XARAJATLARI UCHUN SUBSIDIYA AJRATISH UCHUN ARIZA YUBORISH TARTIBIDAN XABARDORMISIZ?

NOGIRONLIGI BO‘LGAN YOSHLARGA O‘QISH DAVRIDA YASHASH VA TRANSPORT XARAJATLARI UCHUN SUBSIDIYA AJRATISH UCHUN ARIZA YUBORISH TARTIBIDAN XABARDORMISIZ?

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘qish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratishning ma’muriy reglamenti”ga muvofiq, nogironligi bo‘lgan yoshlarga nodavlat ta’lim tashkilotlarida kasb-hunar o‘rgatish, ularda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish, axborot texnologiyalari, kompyuterda dasturlash amaliyoti, umumta’lim fanlari va xorijiy tillarni o‘rgatish, zarur hollarda yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha bo‘lgan miqdorda subsidiya ajratiladi.

Subsidiya olish uchun istalgan davlat xizmatlari markaziga murojaat qilinadi yoki YIDXP (https://my.gov.uz/oz) orqali davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro'yxatdan o'tiladi.

Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

a) o‘qish xarajatlari uchun subsidiya olishda:

agar ariza o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning qonuniy vakili tomonidan berilsa, uning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)va bolaning qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjat;

b) yashash va transport xarajatlari uchun subsidiya olishda:

transport xarajatlarini qoplash so‘ralganda — yo‘l xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlarning elektron nusxalari (agar mavjud bo‘lsa, “pdf” yoki “jpg” formatda);

yashash xarajatlarini qoplash so‘ralganda — ijara shartnomasi va uning soliq organlarida hisobga qo‘yilganligi haqidagi bildirishnomaning elektron nusxasi (agar mavjud bo‘lsa, “pdf” yoki “jpg” formatda). 

Bunda ijara shartnomasida ko‘rsatilgan uy manzili nodavlat ta’lim tashkiloti joylashgan tuman (shahar) hududida joylashgan bo‘lishi kerak (Toshkent shahri hududi bundan mustasno).

Davlat xizmati bepul ko'rsatiladi.

Davlat xizmatlarini ko'rsatish jarayonida ariza beruvchilarga oid ma'lumotlar sir saqlanadi.

 

Zuhra BEGOVA,

Xorazm viloyat adliya boshqarmasi huquqiy axborot sho‘basi bosh maslahatchisi.

16-12-2024, 19:26
Saytga qaytish