O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-son qaroriga muvofiq, isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga quyidagi kompensatsiyalar beriladi:
270 ming so'm miqdorida bir martalik moddiy yordam;
bazaviy me'yordan oshgan narxlar o'rtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi:
gaz uchun –bazaviy me'yordan ortiq 250 kub metrgacha;
elektr uchun –bazaviy me'yordan ortiq 150 kVt soatgacha.
Kompensatsiya oluvchi ehtiyojmand oilalar noyabr – mart oylarida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari yoki mahallalarda faoliyat yurituvchi ijtimoiy xodimlarga murojaat qiladi.
Zuhra BEGOVA,
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi huquqiy axborot sho‘basi bosh maslahatchisi.