“Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan quyidagi toifadagi xotin-qizlar kiritiladi:
🔹ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar;
🔹tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar;
🔹boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar;
🔹ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;
🔹uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;
🔹qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar.
“Ayollar daftari”ga xotin-qizlar yashab turgan joyi bo‘yicha kiritiladi, bunda xotin-qizlarning yashash joyi bo‘yicha doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatda turmasligi "Ayollar daftari"ga kiritishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi.
Tursunboy URAZBAYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.