Kuzatuvchi.uz / PIYODALARGA LOYQA SACHRATISH JARIMA SOLISHGA SABAB BO‘LADI

PIYODALARGA LOYQA SACHRATISH JARIMA SOLISHGA SABAB BO‘LADI

Yomg‘irli havoda transport vositalarining fuqarolarga ehtiyotsizlik oqibatida loyqa sachratib o‘tib ketishi hollari ko‘p uchraydi.

Qonunchilikka ko‘ra:

- haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yo‘lkalaridan yurgizishi;

- yo‘l belgilari yoki yo‘lning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilab qo‘yilgan talablarga rioya etmasligi odam tashish;

- transport vositalarini quvib o‘tish qoidalarini buzishi, yuk avtomobillarida yo‘lning chetki chap qatorida harakatlanishi (bundan ruxsat etilgan hollar mustasno);

- yo‘nalishli transport vositalari to‘xtaydigan bekatlardan yoki piyodalar o‘tish joylaridan yurish;

- tashqi yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzishi;

- xuddi shuningdek, yo‘lovchiga yoki piyodalarga loyqa sachratishi;

- BHMning ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish;

- BHMning bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. 

 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

16-12-2024, 11:50
Saytga qaytish