Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-1000-son, 15.11.2024 y.) bilan Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
Qonun bilan yuqori barqarorlik reytingiga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari uchun rag‘batlantirish choralari joriy etilishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda:
➖yuqori barqarorlik reytingiga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan soliqlar bo‘yicha (bundan QQS mustasno) ortiqcha to‘langan summani qaytarish 3 kunlik muddatda amalga oshiriladi;
➖reyting bo‘yicha «AAA» toifadagi tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan esa soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi (bundan jinoiy ishlar doirasida o‘tkaziladigan tekshiruvlar mustasno) va mazkur toifadagi tadbirkorlik sub’ektlariga QQS summasi o‘rnini qoplash tekshiruvlar o‘tkazilmasdan 1 kunlik muddatda amalga oshiriladi.
Tursunboy URAZBAYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.