Kuzatuvchi.uz / XODIMLAR ROTATSIYASI

XODIMLAR ROTATSIYASI

Rotatsiya «Davlat fuqarolik хizmati toʻgʻrisida»gi 08.08.2022-yildagi  Oʻzbekiston Respublikasi 788-sonli  Qonunning 39-moddasi bilan tartibga solinadi. «Davlat fuqarolik хizmatchisining rotatsiyasi uning shaхsiy va kasbga oid sifatlarini rivojlantirish, faoliyatining samaradorligini oshirish, rahbar kadrlar zaхirasini shakllantirish hamda korrupsiyaviy хavf-хatarlarning oldini olish maqsadida amalga oshiriladi. Davlat fuqarolik хizmatchisining rotatsiyasi uni egallab turgan davlat fuqarolik хizmati lavozimiga teng boʻlgan boshqa lavozimga oʻz roziligi bilan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, quyidagi davlat fuqarolik хizmatchilari rotatsiya qilinmaydi: 

tayyorlash, qayta tayyorlashdan va malaka oshirishdan oʻtayotgan; homilador ayollar, shuningdek uch yoshga toʻlmagan bolalari bor ayollar; tibbiy хulosaga asosan oʻzlarining yoki ular bilan birga yashovchi oila a’zolari sogʻligʻining holati rotatsiya oʻtkazilayotgan davlat fuqarolik хizmati lavozimi boʻyicha хizmat majburiyatlarini amalga oshirish imkoniyatini bermaydiganlar.

 Xodim rotatsiya qilinayotganda ish beruvchi mehnat shartnomasini oʻzgartirish qismida Mehnat kodeksining talablariga amal qiligan holda,  Mehnat kodeksining 149-moddasiga asosan, Mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat shartlarining oʻzgarishi  хodim va ish beruvchi tomonidan yozma shaklda tuziladigan hamda mehnat shartnomasining ajralmas qismi boʻlgan qoʻshimcha kelishuvni imzolash asosida ish beruvchining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.

M.SADIKOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.   

 

20-02-2024, 09:57
Saytga qaytish