Kuzatuvchi.uz / AYOLLAR DAFTARIGA KIMLAR KIRITILADI?

AYOLLAR DAFTARIGA KIMLAR KIRITILADI?

 “Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan quyidagi toifadagi xotin-qizlar kiritiladi:

🔹ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar;

🔹tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar;

🔹boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar;

🔹ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;

🔹uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;

🔹qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar.

“Ayollar daftari”ga xotin-qizlar yashab turgan joyi bo‘yicha kiritiladi, bunda xotin-qizlarning yashash joyi bo‘yicha doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatda turmasligi "Ayollar daftari"ga kiritishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

13-12-2024, 11:10
Saytga qaytish