Kuzatuvchi.uz / PEDAGOG KADRLARNI KASBIY SERTIFIKATLASH BO‘YICHA MA’MURIY REGLAMENT TASDIQLANDI

PEDAGOG KADRLARNI KASBIY SERTIFIKATLASH BO‘YICHA MA’MURIY REGLAMENT TASDIQLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2024-yil 12-fevraldagi “Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” 87-son qaroriga muvofiq, pedagogik kasbga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy maʼlumotli talabgorlar stajyor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritadi va ular ishga qabul qilingan vaqtdan boshlab 1 yil muddat davomida kasbiy sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi.

Kasbiy sertifikatlash jarayoniga talabgor o‘z muddatida jalb etilishi uchun u faoliyat ko‘rsatayotgan davlat umumiy o‘rta taʼlim tashkilotining rahbari masʼul hisoblanadi.

Birinchi marta kasbiy sertifikat olish bo‘yicha nazorat sinovida ishtirok etish uchun talabgordan to‘lov undirilmaydi. Kasbiy sertifikat olish uchun nazorat sinovi qoida tariqasida, har yili mart – may oylarida test shaklida o‘tkaziladi.

Nazorat sinovi natijasi bo‘yicha 56 va undan yuqori ball to‘plagan talabgor nazorat sinovidan o‘tgan hisoblanadi va elektron shakldagi sertifikat uning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

Navbatdan tashqari nazorat sinovida ishtirok etib, yetarli ball to‘play olmagan talabgor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda bekor qilinadi.

SH. BOLTAYEVA, 

Tuproqqal’a tumani adliya bo‘limi boshlig‘i.

 

20-02-2024, 09:48
Saytga qaytish