Kuzatuvchi.uz / SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIYA QOʻMITASIGA QOʻSHIMCHA VAZIFALAR YUKLANDI

SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIYA QOʻMITASIGA QOʻSHIMCHA VAZIFALAR YUKLANDI

Vazirlar Mahkamasining 06.12.2024-yildagi «Oʻzbekiston Respublikasidagi sanitariya va fitosanitariya shartlari toʻgʻrisida Jahon savdo tashkiloti a’zo davlatlarini хabardor qilish tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi VMQ-816-son qarori qabul qilindi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasiga qoʻshimcha vazifalar yuklandi:                                                

03.06.2024-yildagi PF-85-son Prezident farmoniga muvofiq, Jahon savdo tashkilotining Sanitariya va fitosanitariya chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi bitimi (SPS Agreement) talablaridan kelib chiqqan holda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining markaziy apparatida 3 ta shtat birligidan iborat Sanitariya va fitosanitariya chora-tadbirlari boʻyicha Aхborot markazi tashkil etildi.

 
 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

 

 

13-12-2024, 10:23
Saytga qaytish