Kuzatuvchi.uz / MUDDATLI SHARTNOMA ASOSIDA ISHGA OLISH

MUDDATLI SHARTNOMA ASOSIDA ISHGA OLISH

Mehnat kodeksining  112-moddasiga  koʻra, mehnat shartnomasi ish joyi saqlanishi lozim boʻlgan, vaqtincha ishda boʻlmagan хodimning vazifalarini bajarish vaqtiga moʻljallab tuzilishi mumkin, vaqtinchalik (ikki oygacha) ishlarni bajarish vaqti uchun, tabiiy sharoitlar tufayli ish faqat muayyan davr (mavsum) ichida amalga oshirilishi mumkin bo‘lganda mavsumiy ishlarni bajarish uchun, ish beruvchining odatdagi faoliyati doirasidan tashqariga chiqadigan ishlarni (rekonstruksiya qilish, montaj qilish, ishga tushirish-sozlash ishlari va boshqa ishlar), shuningdek ishlab chiqarishni yoki ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmini oldindan ma’lum bo‘lgan vaqtinchalik (bir yilgacha) kengaytirish bilan bog‘liq ishlarni bajarish uchun mehnat organlari tomonidan vaqtinchalik xususiyatga ega bo‘lgan ishlarga yoki haq to‘lanadigan jamoat ishlariga yuborilgan shaxslar bilan, muqobil xizmatni o‘tash uchun yuborilgan fuqarolar bilan, O‘zbekiston Respublikasiga uning hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qonuniy ravishda kirib kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilan tuziladi.

Bunday mehnat shartnomasi muddatli mehnat shartnomasining bir turi hisoblanadi. U yozma shaklda, хodim asosiy хodim homiladorlik va tugʻish ta’tilida boʻlgan davrga moʻljallab qabul qilinayotganligi toʻgʻrisidagi majburiy shart bilan tuziladi. Mehnat shartnomasi belgilangan tartibda tuzilgandan soʻng ishga qabul qilish ish beruvchining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.

Mehnat kodeksining 158-moddasiga muvofiq ish joyi (lavozimi) saqlanishi lozim boʻlgan хodimning ishda boʻlmagan vaqtiga moʻljallab tuzilgan mehnat shartnomasi shu хodim ishga qaytgan kundan e’tiboran bekor qilinadi. 

M.SADIKOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.   

 

20-02-2024, 09:45
Saytga qaytish