Maktabgacha yoshdagi bolali yo‘lovchilar, homilador ayollar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va keksa fuqarolar uchun avtobus salonida uning yo‘lovchi sig‘imiga qarab, 6 ta oldingi joylar ajratiladi. Ushbu joylarni egallagan boshqa yo‘lovchilar ularni yuqorida sanab o‘tilgan shaxslar uchun bo‘shatishlari kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga doir talablarni tasdiqlash haqida”gi 482-sonli qaroriga muvofiq, yo‘lovchi hajmi 60 sm x 40 sm x 20 sm va og‘irligi 20 kilogrammdan ortiq bo‘lmagan qo‘l yuki hamda musiqa asbobini, 150 santimetrgacha uzunlikdagi buyumlarni, shuningdek qafasga solingan mayda hayvonlar va parrandalarni, aravachani (bolalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va boshqalarning aravachalarini), mayda bog‘dorchilik inventari, bolalar chanalarini o‘zi bilan birga bepul olib yurish huquqiga ega.
Demak, ushbu qoidadan xulosa shuki nogironligi bo‘lgan shaxslar nogironlik aravachalarini o‘zi bilan transport vositalarida bepul olib yurish imkoniyatiga ega.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.