Kuzatuvchi.uz / OZIQ-OVQAT MAHSULOLTLARIGA QO‘SHILADIGAN BIOLOGIK FAOL QO‘SHIMCHALARNING REKLAMASIDA NIMALAR TAQIQLANADI

OZIQ-OVQAT MAHSULOLTLARIGA QO‘SHILADIGAN BIOLOGIK FAOL QO‘SHIMCHALARNING REKLAMASIDA NIMALAR TAQIQLANADI

Ko‘pchilik fuqarolar biologik faol qo‘shimchalar dori vositalaridan afzal degan tushuncha uyg‘ongan. Aslida esa ular oddiy qo‘shimcha sanaladi.

Qonunchilikka ko‘ra, ovqatga qo‘shiladigan biologik faol qo‘shimchalarning va oziq-ovqat qo‘shimchalari reklamasi qilinayotgan paytda:

- ular dori vositalari hisoblanadi va (yoki) davolash xossalariga ega degan taassurotni uyg‘otmasligi;

- ularni qo‘llash natijasida odamlar davolanganligiga, ularning ahvoli yaxshilanganligiga doir muayyan hollarga havolalarni o‘z ichiga olmasligi;

- ularning qo‘llanilganligi munosabati bilan jismoniy shaxslar tomonidan bildirilgan minnatdorchilik izhorini o‘z ichiga olmasligi;

- sog‘lom ovqatlanishni rad etishga undamasligi;

- ovqatga qo‘shiladigan biologik faol qo‘shimchalarning dori vositalariga nisbatan afzalliklari haqidagi taassurotni yuzaga keltirmasligi;

- voyaga yetmaganlar olishi yoki iste’mol qilishi taqiqlangan ovqatga qo‘shiladigan biologik faol qo‘shimchalar va oziq-ovqat qo‘shimchalari reklamasida bolalar tasviridan foydalanilmasligi kerak;

- ovqatga qo‘shiladigan biologik faol qo‘shimchalar va oziq-ovqat qo‘shimchalari reklamasi har bir holda reklama ob’ekti dori vositasi emasligi to‘g‘risidagi ogohlantirish bilan birga berilishi kerak.

Shuningdek, ovqatga qo‘shiladigan biologik faol qo‘shimchalar va oziq-ovqat qo‘shimchalari reklamasi bo‘yicha rag‘batlantiruvchi aksiyalar o‘tkazish taqiqlanadi.

  

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

13-12-2024, 09:45
Saytga qaytish