Kuzatuvchi.uz / UY SHAROITIDA TIRIK PILLA YETISHTIRAYOTGANLAR DAROMAD SOLIG‘IDAN OZOD QILINADI

UY SHAROITIDA TIRIK PILLA YETISHTIRAYOTGANLAR DAROMAD SOLIG‘IDAN OZOD QILINADI

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-1001-son, 15.11.2024 y.) bilan Soliq kodeksiga qo‘shimcha kiritildi.

Qonunga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda:

🔹jismoniy shaxslarning uy sharoitida tirik pilla yetishtirish (kasanachilik) faoliyatidan olingan daromadlarini jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilinadi;

🔹uy sharoitida tirik pilla yetishtiruvchi kasanachilar mehnatiga haq to‘lashga yo‘naltiriladigan mablag‘lar ijtimoiy soliqdan ozod qilinadi;

🔹tutzorlar bilan band bo‘lgan yer uchastkalari uchun yer solig‘i belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 0,1 koeffitsient qo‘llanilgan holda hisoblab chiqariladi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

 

 

13-12-2024, 09:44
Saytga qaytish